Lempard: "Chelsi" darajasidagi klub EChLda o‘ynamasa bo‘lmaydi

  • 22.07.2020 10:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoasining EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Bu klub uchun juda muhim. Bu faqat obro‘ga bog‘liq emas. Agar siz "Chelsi" singari jahon darajasidagi klubda bo‘lsangiz, siz doimo yuqori darajada raqobatlashishni va eng yuqori darajadagi futbolchilarni jalb qilishni xohlaysiz.

Biz hozir imkon qadar raqobatchilar bilan oradagi farqni oshirishga va premer-ligada yuqoriroq o‘rinni egallashga harakat qilamiz. Ammo, Chempionlar ligasiga chiqishimiz shart va bu bizning asosiy maqsadimiz”, - deydi Lempard.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” ayni damda premer-liga jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!