
Lempard "Chelsi"ning muhim futbolchisi ertangi o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa hujumchisi Temmi Abraxamning APL doirasida "Vest Xem"ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan holati qanday ekanligini aytib o‘tdi.
"Abraxam jiddiy bo‘lmasada, og‘riqni his qilmoqda. U ertaga "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Ko‘ramiz, dushanba kuni nima bo‘larkan," - dedi Lempard.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli forvard ChL doirasida "Valensiya" (2:2) ga qarshi kechgan bahsning dastlabki bo‘limi oxirlarida havodagi to‘p uchun kurashdan so‘ng, maydnoga noqulay ahvolda yiqilgandi.
Fikrlar