Leni Yoro olti oyga haydovchilik huquqidan mahrum etildi

  • 23.02.2026 23:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoro qo‘pol yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jazolandi. "BBC" xabariga ko‘ra, futbolchi olti oyga haydovchilik huquqidan mahrum etilgan. Shuningdek, unga 666 funt sterling miqdorida jarima solingan.

Ma’lum qilinishicha, Yoro avtomobilni soatiga 115 kilometr tezlikda boshqargan. Bu esa mazkur hududda ruxsat etilgan tezlikdan qariyb ikki yarim baravar yuqori bo‘lgan.

2025/2026 yildgi mavsumda himoyachi 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Ayni paytda "Manchester Yunayted" Premer-liga jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!