Lennoks Lyuis yoki Mayk Tayson. Bahodir Jalolovdan tanlov!
“Jang” loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Bahodir Jalolov bo‘ldi. Loyihaning bu haftadagi qahramonlari Mayk Tayson va Lennoks Lyuis ekanligi borasida xabar bergan edik. Kecha Ruslan Chagaev bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi. Bu safar esa Bahodir ular o‘rtasidagi tanlovga quyidagi tarzda munosabat bildirdi.
- To‘g‘risi, har ikkisi ham o‘z davrining juda kuchli bokschilari bo‘lgan. Har ikkisini ham janglarini ko‘p kuzatganman. Meni uslubim Dyuisnikiga o‘xshaganligi uchun uning janglari ko‘proq yoqqan. Tayson yaqin masofada ishlagan. Lyuis masofadan ishlagan. Shuning uchun aytib o‘tganimdek, Lyuis ko‘proq yoqqan. Biroq, Tayson baribir o‘z davrining eng sara bokschilaridan biri bo‘lgan, tan olish kerak. Umuman olganda har ikkisi kuchli bo‘lgan.
Fikrlar