Levandovski agenti bilan birga AQShga yo‘l oldi
Erkin agent maqomidagi Robert Levandovski oʻz agenti Pini Zahavi bilan birga AQShga yoʻl oldi. U “Chikago Fayr” klubi bilan hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazadi. Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qilgan.
Xabarga koʻra, MLS jamoasi polyak futbolchisini oʻz tarkibiga qoʻshib olishni jiddiy maqsad qilgan. Levandovski bilan 2 yoki 3 yillik shartnoma imzolanishi mumkin. Qaror futbolchining oʻzigga bogʻliq boʻladi.
Levandovskining soʻnggi jamoasi “Barselona” boʻlib, u 2022 yil yozida katalon klubiga kelgan. Shu vaqt davomida 37 yoshli hujumchi 191 ta oʻyinda maydonga tushib, 119 ta gol urgan va 24 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar