Levandovski: “Barselona” gol urmasligimni so‘ragan

  • 28.12.2025 11:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” hujumchisi Robert Levandovski 2022-2023 yilgi mavsum oxirida klub mutasaddilari undan kamroq gol urishni so‘ragani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

Bu polshalik to‘purar avval o‘ynagan “Bavariya”ga uning transferi uchun bonus to‘lovlarini amalga oshirmaslik maqsadida qilingan.

- Gapirishni istamaydigan ayrim masalalar bor. Men “Barselona”ni va u yerda ishlaydigan barchani hurmat qilaman. Klubdagi vaziyatdan xabardor edim. Ko‘p narsani klub manfaati uchun qilish kerak edi.

Asosan gap bonus to‘lovi haqida edi. O‘sha paytda “Barsa” har bir evroni hisob-kitob qilardi. Bu juda muhim edi. Men uchun bu holat hech narsani o‘zgartirmadi, bu masalada hech qanday muammo yo‘q edi, ammo doim o‘ylanib qolardim: gol uraymi yoki yo‘qmi?, - dedi Levandovski.

Polshalik hujumchining kataloniyaliklar tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyun kuni tugaydi. Uning klubdagi kelajagi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!