Levandovski "Barselona"da qolishi mumkin: klub yangi shartnoma taklif qiladi
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi hujumchisi Robert Levandovski kelasi mavsumda ham klubda qolishi mumkin.
"Mundo Deportivo" xabariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Pini Zahavi "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati bilan mijozining kelajagini muhokama qiladi.
Manbaga ko‘ra, Levandovskining amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘ngida yakunlanadi. Shu bilan birga, "Barselona" tajribali hujumchiga yana bir yillik yangi bitim taklif qilishga tayyor.
Qayd etilishicha, Robertning o‘zi ham bir qator Yevropa klublari qiziqishiga qaramasdan jamoada qolishga qarshi emas.
Joriy Ispaniya chempionatida Levandovski 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar