Levandovski faoliyatini AQShda davom ettiradi: "Chikago" bilan kelishuvga erishildi
Robert Levandovski "Chikago" klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar bermoqda.
⠀
Manbaga ko‘ra, transfer to‘liq kelishilgan. Barcha zarur hujjatlar tayyor bo‘lib, ular yaqin 24 soat ichida imzolanishi kutilmoqda.
⠀
37 yoshli hujumchi "Barselona" va "Bavariya"dagi faoliyatidan so‘ng "Chikago" safiga erkin agent maqomida qo‘shiladi.
⠀
Levandovski o‘tgan mavsum La Ligada 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar