Levandovski joriy mavsumdan keyingi rejalarini oshkor qildi

  • 14.03.2026 01:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

37 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi. Polshalik futbolchi keyingi mavsumda ham "ko‘k-anorranglilar" safida o‘ynash-o‘ynamasligi nomaʼlumligicha qolmoqda.

"Men o‘zimga bosim o‘tkazmoqchi emasman. Ehtimol, 25 yoki 30 yoshda hammasi boshqacha bo‘lardi. Tajribam va yoshimni hisobga olib, hozir qaror qabul qilmasligim kerak. Ayni damda qaysi yo‘nalishda davom etishni istashimni bilmayman, shu bilan birga hech qanday stressni boshdan kechirmayapman. Bir necha oydan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Hozir bu haqida bilmayman va o‘ylamayman," - deya Levandovskining so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Maʼlumot uchun, forvard joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida  34 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!