Levandovski mavsum yakunida "Barselona"ni tark etishi mumkin

  • 27.04.2026 01:09
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" futbolchisi Robert Levandovski mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida BBC jurnalisti Gilyem Balage xabar berdi.

37 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi joriy yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Xabarlarga ko‘ra, polshalik forvard faoliyatini Italiyada davom ettirishi kutilmoqda.

Levandovski kataloniyaliklar safidagi to‘rtinchi mavsumini yakunlamoqda. U  188 ta o‘yinda maydonga tushib, 118 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" ayni paytda La Liga turnir jadvalidagi peshqadam bo‘lib turibdi va ikkinchi o‘rindagi "Real"dan 11 ochko ilgarlab ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!