Levandovski "Oltin to‘p"ga loyiq

  • 5 sentabr, 2022, 21:42
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sobiq futbolchisi Karles Puyolning fikricha, Robert Levandovski kataloniyaliklar safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kirita oladi. Uning fikricha, hattoki polshalik “Oltin to‘p”ni ham o‘ziniki qila olishga qodir. Shuningdek, sobiq himoyachi “ko‘k-anorranglilar” amalga oshirgan transferlar borasida fikr bildirdi.

Tecno

“Ishonchim komilki, bu yil “Barselona” uchun ajoyib yil bo‘ladi. Chunki klub aqlli transferlarni amalga oshirdi. O‘ylaymanki, Levandovski mavsumning eng yaxshi futbolchilar qatorida e’tirof etiladi. Robert nafaqat to‘purar, balki to‘pni o‘zida saqlab turish va ajoyib kombinatsiyalarni tashkil qila oldi.

U "Barselona" safida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita oladi. Boisi, Levandovski bunga loyiq”, - deydi Puyol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!