Levandovski o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi

  • 23.03.2026 23:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski oʻz kelajagi haqida fikr bildirdi. Maʼlumki, polyak futbolchisining kataloniyaliklar bilan shartnomasi yaqinlashib kelayotgan yozda yakunlanadi.

"Shartnomam borasida hech qanday oʻzgarish boʻlgani yoʻq. Kelajak va variantlarim haqida oʻtirib, oʻylab koʻrish uchun hali vaqt boʻladi", — dedi Levandovski. 

Maʼlumot uchun, Robert  hozir 37 yoshda. U "koʻk-anorranglilar" safida jami 184 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 117 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!