Levandovski Ronalduni ortda qoldirdi
Kechа Chempionlar Ligasining 7-tur doirasida "Praga" va "Barselona" jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu bellashuvda Kataloniya klubi 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Ushbu bahsda Robert Levandovski gʻol kiritib, YEChLda 39 ta turli jamoa darvozasini ishgʻol qilishga erishdi va Ronaldudan oʻtib ketdi. Portugaliyalik futbolchi 38 ta jamoa darvozasiga yoʻl topgan edi. Birinchi pogʻonani 40 ta klubga gol kiritgan Messi egallab turibdi.
Eslatib oʻtamiz, Flik shogirdlari YEChLda 7 turdan soʻng 13 ochko toʻplagan holda turnir jadvalida toʻqqizinchi pogʻonani egallab turibdi.
Fikrlar