Levandovski va to‘rt futbolchi “qora ro‘yxat”ga tushdi
Joriy mavsumda nufuzli sovrinlardan quruq qolgan “Barselona”da yozda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qiladi.
Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, klub mutasaddilari jamoani tark etigi lozim bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Birinchi qatordan eng katta maosh olayotganlar – Robert Levandovski va Frenki de Yong joy olgan.
Shuningdek, kataloniyaliklar yozda mohir himoyachilar Ronald Arauxo va Jyul Kundeni sotib yuborib, moliyaviy ahvolni engillashtirishni ko‘zlayapti.
Rahbariyat yana bir o‘yinchi bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi. Yanvarda xarid qilingan Vitor Roke ham yaxshi taklif chiqsa, sotib yuboriladi.

Fikrlar