Levandovski: «Yamalning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini istayman»
Robert Levandovski «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar sifatida «Barselona» yarim himoyachisi Lamin Yamalni ko‘rmoqda.
«Chikago Fayr» hujumchisi Robert Levandovski bu yilgi «Oltin toʻp» sovriniga kim loyiq ekani haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Levandovski The Athletic nashriga bergan intervyusida hozir «Oltin toʻp» uchun kurash avvalgʻi yillarga nisbatan ancha ochiq kechayotganini taʼkidladi. Polsha terma jamoasi hujumchisi, albatta, «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Lamin Yamalning sovrinni qoʻlga kiritishini istashini aytdi.
«Hozir oʻn nafar futbolchini sanab, ularning har biri nima uchun sovringa loyiq ekanini asoslab berish mumkin. Ammo Lamin, ayniqsa, yoshini hisobga olganda, ajoyib futbolchi», — dedi Levandovski.
Eslatib oʻtamiz, Lamin Yamal bu yilgi «Oltin toʻp» uchun asosiy daʼvogarlardan biri hisoblanadi. Ispaniyalik yosh yulduzdan tashqari, mutaxassislar Xarri Kein, Kilian Mbappe va Rodri Ernandesni ham sovringa daʼvogarlar qatorida koʻrsatmoqda.

Izohlar (0)