Levandovski yangi klubi nomi aniq bo‘ldi

  • 02.05.2026 17:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning 37 yoshli  to‘purar hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Italiya ning “Yuventus” klubida davom ettirish ehtimoli oshib bormoqda.

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, Turin klubi allaqachon futbolchining atrofidagi vakillari bilan muzokara o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, polshalik forvard ashar Turin superklubi joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirit sa, bu jamoa safiga ko‘chib o‘tadi. Levadovski Kataloniyani tark etgan taqdirda aynan “Yuventus” ustuvor variant hisoblanadi.

Levandovskining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Kataloniya klubi rahbariyati unga yangi shartnoma taklif qildi, ammo unda maosh sezilarli darajada qisqartirilishi ko‘zda tutilgan edi. Bu esa futbolchiga ma’qul kelmagan.

Manbaga ko‘ra, hujumchining agenti Pini Zahavi allaqachon “Yuventus” vakillari bilan uchrashgan. Tomonlar taxminan 6 million yevro maosh va bonuslar nazarda tutilgan bir yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!