Levandovskiga to‘rtta mamlakatdan taklif bor
“Barselona”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tishi mumkin.
37 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatorida Italiya ning “Yuventus” va “Milan” jamoalari, shuningdek MLSdagi “Chikago Fayr”, Saudiya Arabistoni va Turkiya chempionatlari vakillari bor, deb xabar beradi Sport nashri.
Ma’lumki, “Barselona” forvardga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda, biroq yuqoridagi klublar futbolchiga moliyaviy jihatdan yanada manfaatli shartlar taklif qilishi aniq.
Jahon futbolidagi eng sermahsul forvardlardan hisoblangan Robert Levandovski 2022 yil yozidan buyon “Barselona” safida to‘p surmoqda.
Kataloniyaga o‘tishidan avval polshalik to‘purar Bundesligada “Bavariya” va”Borussiya Dortmund” klublari sharafini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Fikrlar