Levchenko O'zbekiston terma jamoasi darvozabonlarining "JCH-2026"dagi o'yiniga baho berdi

  • 04.07.2026 06:25
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Neftchi" klubi sobiq bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlarining Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

"Qisman qo‘shilaman. Ayrim vaziyatlarda darvozabonlar yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi. Ammo ularni jamoadan alohida baholab bo‘lmaydi.

Darvoza oldida tez-tez tartibsizlik yuzaga keldi. Raqiblar juda qulay vaziyatlardan zarba berishdi. Markaziy himoyachilar hamisha o‘z vaqtida yopib ulgurmadi. Shuning uchun bu faqat darvozabonlar emas, balki butun himoya chizig‘ining muammosi edi",
— dedi Levchenko.

Eslatib o‘tamiz, "JCH-2026"da O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini O‘tkir Yusupov va Abduvohid Nematov himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!