Liga 1. PSJ o‘z maydonida "Lion"ga mag‘lub bo‘ldi
Liga 1ning 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvda PSJ o‘z uyida "Lyon"ga 1:2 hisobida yutqazdi.
Uchrashuvda hisob 6-daqiqadayoq Endrik tomonidan ochildi. 18-daqiqada esa Moreyra mehmonlarning ustunligini ikkita yetkazdi. O‘yning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Xvicha Kvaratsxeliya hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Paulu Fonseka shogirdlari ochkolari sonini 54 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Parijliklar esa 63 ochko bilan peshqadam bo‘lib qolmoqda.
- Fransiya - Liga 1
- Muntazam mavsum
PSJ
- Khvicha Kvaratskhelia 90'
Tugadi
1
:
2
19.04.2026 23:45
Olimpik Lion
- Endrick 6'
- Afonso Moreira 18'

Fikrlar