Liga 1. Messi va Mbappening gollari PSJga g‘alaba keltirdi
Frantsiya chempionati 9-turi doirasidagi PSJ - "Nitstsa" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda parijliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Leo Messi 29-daqiqada jarimadan ajoyib gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Gaetan Laborte tablodagi hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
83-daqiqaga kelib Mbappe katta sahnaga chiqdi. Kilian Mukielening ajoyib uzatmasidan keyin gol urib, PSJga 3 ochko taqdim etdi.
Mazkur g‘alabadan keyin parijliklar hisobidagi ochkolar soni 25 taga etdi. Ular hozirda turnir jadvalining etakchisi bo‘lib turibdi. "Nitstsa" esa 8 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar