Liga 1. "Monako" o‘z maydonida "Nant"ni engdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 13.09.2020 22:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun Frantsiya chempionatining 3-turida “Monako” o‘z maydonida “Nant”ni qabul qildi.

Monakoda kechgan bellashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Monako”ga g‘alaba keltirgan gollarga Sofian Diop (5') va Villem Jebbel (65') mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona javob to‘pini esa Lyudovik Blas (61') kiritdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng Niko Kovach shogirdlari 7 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib olishdi. “Nant” esa 10-o‘rinda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!