Liga-1. PSJ "Nant" maydonida mag‘lub bo‘ldi
"Lya Bojuar — Lui Fonteno" stadionida kechgan uchrashuv gollarga boy o‘tdi va yakunda mezbonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Diego Karlos (2 ta) va Varrislar tomonidan kiritilgan gollarga Dani Alves va Metexan Gudjlu bir martadan javob qaytardi.
Bugungi muvaffaqiyat natijasida "Nant" hisobidagi ochkolar soni 37 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 14-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. PSJ esa 81 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar