Liga 1'da eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar bilan tanishing
Frantsiyaning nufuzli L’Equipe nashri Liga 1 chempionatidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar va murabbiylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, eng yuqori maosh oluvchi futbolchi — Usmon Dembele bo‘lib, u PSJ safida oyiga 1,5 million yevro ishlab topadi.
Reytingdagi top-15 futbolchining 14 nafari aynan Parij klubi vakillari hisoblanadi.
2. Markin’os — 1,12 mln yevro
3. Ashraf Hakimi — 1,1 mln yevro
4. Lyuka Ernandes — 1,1 mln yevro
5. Uorren Zair-Emeri — 950 ming yevro
6. Xvicha Kvaratsxeliya — 900 ming yevro
Murabbiylar orasida esa ham parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrique oyiga 1 million yevro maosh bilan yetakchi hisoblanadi.
Fikrlar