"Lill" "Arsenal" tarbiyalanuvchisini ijaraga oldi

  • 3 fevral, 19:19
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" klubi Londonning "Arsenal" tarbiyalanuvchisi Chuba Akpom bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Futbolchi "Ayaks"dan yarim yilga ijara asosida o‘tdi, "Lill" ijara muddati tugagach, yangi o‘yinchisini sotib olish huquqiga ega. 29 yoshli hujumchi joriy mavsumda "Ayaks" safida barcha rasmiy musobaqalarda 8 ta gol urgan. Transfermarkt portali futbolchini 8 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda "Lill" yuqori maqsadlarni ko‘zlayapti. Klub Frantsiya chempionatida birinchi uchlikdan ikki ochko ortda qolgan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Sentyabrning yarmidan boshlab, yanvar o‘rtalarigacha klub mag‘lubiyatga uchramadi. Shuningdek, jamoa Evropa ligasida ham ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!