"Lion" Depay bilan til topisha olmayapti

  • 24.11.2020 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lion" rahbariyati hujumchi Memfis Depay bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda RMC nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli gollandiyalik futbolchi Evropaning top klublaridan takliflar kutmoqda va shuning uchun frantsuz klubi bilan shartnomani uzaytirishni paysalga solmoqda.

O‘tgan yoz Depayga “Barselona”dan takliflar bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo o‘shanda “Lion” uni qo‘yib yubormagan edi.

Memfis Depayning “Lion” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!