"Lion" Depayga "Atletiko"dan o‘rinbosar topdi

  • 18.12.2019 12:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Lion” klubi rahbariyati jarohat sabab bu mavsum boshqa maydonga tusholmaydigan yarim himoyachi Memfis Depay o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.

L’Equipe nashrining yozishicha frantsuz klubi bu borada “Atletiko” Madrid yarim himoyachisi Toma Lemarni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. O‘z navbatida “matraschilar” Lemarni ijaraga berishga rozi, faqat “Lion” mavsum yakunlangach uning transferini to‘liq sotib olishi sharti bilan.

Ma’lumot uchun, Lemar “Atletiko” safiga 2018 yil 70 mln evro evaziga “Monako”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 14 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!