"Lion" futbolchisi "Renn"ga ko‘chib o‘tdi
“Lion” klubi yarim himoyachisi Martin Tere faoliyatini Frantsiyaning boshqa bir klubida davom ettiradi. 23 yoshli futbolchining yangi ish joyi “Renn” jamoasi bo‘ladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro 2025 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekishgan.
Tere muddatidan avval yakunlangan Frantsiya chempionatida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar