"Lion" o‘z maydonida "Loryan" darvozasiga 4 ta gol urdi (video)

  • 09.05.2021 00:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionatining 36-turida “Lion” o‘z maydonida “Loryan”ni qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o‘yin 4:1 hisobida mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Lion”ning gollariga Ussem Auar (53'), Lukas Paketa (65') va Bruno Gimaraynsh (71', 77') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Loryan”ning yagona javob golini Tomas Monkonduit (83') kiritdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!