Lionel Messi Norvegiyaning 3-divizion klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 23.08.2019 18:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Norvegiyaning 3-divizionida ishtirok etuvchi "Yunkeren" klubi Lionel Messi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Ta’kidlash kerakki, 16 yoshli futbolchining asl ismi Daniel Are Knutsen bo‘lgan. Biroq, keyinchalik argentinalik futbol yulduziga havas qilib o‘z ismini o‘zgartirgan.

“Avvalroq men jamoamizga Ronaldu kerak deb hazillashardim. Messi hozircha yoshlar jamoamizda o‘ynaydi. Umid qilamanki tez orada u asosiy jamoaga jalb etiladi”, - deydi klub direktori Runar Bo Eriksen.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!