“Livepul”: 30 million to‘lab, hujumchini olib keting!
“Liverpul” klubi Angliya chempionatga to‘liq moslasha olmagan qanot hujumchisi Federico Kyezani yozgi transfer oynasida sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqida Caught Offside xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar 28 yoshli vingerni 25–30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ayni paytda Italiya ning eng mashhur klublaridan “Yuventus” mutasaddilari Kyezani qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda. Shuningdek, Yevropa chempioni bo‘lgan futbolchining ehtimoliy transferini “Roma” va “Napoli” klublari ham ko‘rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Kyeza barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U umumiy hisobda maydonda 392 daqiqa harakat qilgan.
Futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.
Fikrlar