"Liverpool": Bu yulduz uchun yuz million evrodan ko‘p bermaymiz!
Angliyaning mashhur «Liverpul» klubi Kot-d’Ivuar terma jamoasi tarkibida to‘p surib kelayotgan 19 yoshli iqtidorli hujumchi Yan Diomandeni sotib olish borasida «RB Leyptsig» bilan kelisha olmayapti.
Futbol insayderi Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, «Liverpul» tomonidan taklif etilgan so‘nggi 100 million yevro miqdoridagi summa nemis klubini qoniqtirmagan va «RB Leyptsig» bu taklifni rad etgan.
Shu bilan birga, «Liverpul» Diomandeni olish uchun Bundesliga klubi talab qilayotgan 120 million yevro miqdorida badal puli to‘lashga tayyor emas.
Shu tarzdagi murakkab muzokaralar fonida Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olish poygasida «Pari Sen-Jermen» yetakchi nomzodga aylandi. Xabarlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Luis Enrique boshqaruvidagi parijliklar jamoasiga o‘tish variantini afzal ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Diomande Germaniya Bundesligasida 33 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar