"Liverpool"dan ketmasam bo‘lmaydi!
O'yinchi shu qarorga keldi
«Liverpul» yarim himoyachisi Federico Kyeza qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishga tayyor ekani xabar qilinmoqda.
Turli manbalarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi yanvar oyida ketish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Sabab – Mersisayd klubidagi holatidan qoniqmasligi. Transfer News Live nashri TuttoJuvega tayanib yozishicha, Kyeza yana Italiya terma jamoasiga qaytishni istaydi.
Ammo u Angliya premyer-ligasining yetakchi klublaridan biri tarkibida asosiy tarkibga kirib borish imkoniyati katta emasligini tushunib turibdi. Muntazam o‘yin amaliyotisiz esa milliy jamoaga chaqiruv olish juda qiyin.
Qiziği shundaki, Federico Kyeza joriy mavsumda hali beror daqiqa ham maydonga tushgani yo‘q. U «Yuventus»dan «Liverpul»ga 2024 yil yozida o‘tgan edi. Shu vaqtgacha italyalik futbolchi ingliz klubi safida 50 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 5 ta golli pas bergan.

Izohlar (0)