"Liverpool" Kolumbiyaning eng iste'dodli futbolchisini qo‘lga kiritdi
«Liverpool» yosh iste’dodlarga sarmoya kiritishni davom ettirmoqda. Angliya klubi Kolumbiyaning «Atletiko Nasyonal» jamoasida to‘p surib kelgan, 17 yoshli hujumkor futbolchi Samuel Martinez bilan shartnoma borasidagi barcha rasmiy ishlarini yakunladi.
Bu haqida klub rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
Yosh futbolchi 2027/2028 yilgi mavsum boshlanishidan oldin mersisaydliklar akademiyasi tizimiga qo‘shiladi. Martinez hozirroq Kolumbiya futbolida eng istiqbolli yoshlardan biri sifatida baholanmoqda.
Aprel oyida Samuel mamlakat yoshlar terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerika U17 chempionatida zafar quchishga hissa qo‘shdi. U musobaqaning barcha olti uchrashuvida maydonga tushdi. Uning hisobida uchta golli uzatma bor, shu jumladan Braziliyaga qarshi yarim final va Argentinga qarshi final bahsida ham assistlar qayd etdi.

Fikrlar