"Liverpool" yulduzini olib ketadigan grand klub chiqdi

  • 14.09.2026 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» Florian Virts atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. «Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts yana Bundesligaga qaytishi mumkin. 

Bu haqida Topskills Sport UK nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi Virtsni 2025 yil yozidayoq olishni rejalashtirgan, ammo o‘sha paytda futbolchi tanlovini «Liverpul» foydasiga qilgan edi.

Shundan beri «Bavariya» Florian Virts atrofidagi vaziyatni yaqinidan kuzatib kelmoqda. Agar myunxenliklar uchun qulay imkoniyat paydo bo‘lsa, nemis grandi yarim himoyachini qaytadan Bundesligaga olib kelishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!