“Liverpul” 100 million evrolik transferga qo‘l urmoqda

  • 30 iyun, 2022, 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” mutasaddilari jamoa tarkibini kuchaytirish uchun katta transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Liverpulliklar kelasi mavsum oldidan “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni qo‘lga kiritmoqchi. Bu o‘yinchiga grand klublardan taklif ko‘p. Raqobatchilarni ortda qoldirish uchun Yurgen Klopp jamoasi 100 million evro taklif qilyapti.

Yaqinda o‘z o‘yinchisiga talab ortib borayotganini inobatga olgan dortmundliklar 18 yoshli o‘yinchini 120 million evroga baholagan edi.

Bellingem o‘tgan mavsumda 43 marotaba maydonga tushib, oltita gol va o‘n uchta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!