"Liverpul" 17 yoshli braziliyalik futbolchi uchun rus klubi bilan kurash olib boradi

  • 07.06.2020 22:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vaska da Gama” klubi hujumchisi Talles Magno faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Net Vasco nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 17 yoshli braziliyalik futbolchiga “Krasnodar” va “Liverpul” klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud. Rus klubi uni qo‘lga kiritish uchun 15 mln evro to‘lalashga tayyor.

Transfermarkt sayti esa Magnoni 4,5 million evroga baholamoqda. U joriy mavsum “Vaska da Gama”da bor yo‘g‘i 6 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsada, raqiblari darvozasiga 3 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!