"Liverpul" 19 yoshli hujumchi topdi

  • 05.12.2025 18:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi "Leyptsig" safida harakat qilib kelayotgan 19 yoshli hujumchi Yan Domande bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. 

"TEAMtalk" nashri xabar berishicha, mersisaydliklar Yanni anchadan beri kuzatib kelmoqda. Forvardga xizmatlariga undan tashqari "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Nyukasl", "Chelsi", va "Tottenxem" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq aynan "Liverpul" futbolchini sotib olishda asosiy nomzod hisoblanmoqda. Nemis klubi forvardni qo‘ldan chiqarish niyatida emas, ammo uning shartnomasida futbolchi uchun 100 million evrolik tovon puli to‘lash kerakligi haqida band bor.

19 yoshli hujumchining hozirda transfer bozorida narxi 20 million evroga baholanmoqda. Uning "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 

Eslatib o‘tamiz, kot-d'ivuarlik hujumchi joriy mavsum nemis klubi safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!