"Liverpool" "Barselona" futbolchisi uchun 80 million yevro taklif qilishga tayyor
"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin. "Daily Mail" nashrining xabariga koʻra, fransiyalik futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.
Maʼlum qilinishicha, "qizillar" 27 yoshli himoyachi transferi boʻyicha yozda rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirgan. Angliyaning amaldagi chempionlari uning transferi uchun 80 million yevro toʻlashga tayyor.
Jyul Kunde 2022 yilda "Sevilya"dan "Barselona"ga 50 million yevro evaziga oʻtgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda himoyachi "kўk-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 35 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali fransiyalik futbolchining bozor qiymatini 65 million yevro deb baholagan.
Fikrlar