"Liverpul" "Bavariya" etakchisi bilan muzokaralar boshladi

  • 21 yanvar, 21:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Joshua Kimmix Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Todofichajes" xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchini "Liverpul" o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Angliyaning grand klubi Kimmixning vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yubordi. "Qizillar" Joshua bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolash imkoniyatiga ega, chunki xavbekning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyining oxirida yakunlanadi. Yarim himoyachi Germaniya grandida 2015-yildan beri faoliyat olib bormoqda.

Joriy Bundesliganing mavsumida Kimmix 18 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!