“Liverpool” bilan xayrlashgan yulduzga bir kunda ish chiqdi
“Liverpul” markaziy himoyachisi Ibrohim Konatening klub bilan xayrlashgani e’lon qilinganidan bir kun o‘tdib, fransiyalik futbolchiga yangi ish chiqdi.
Aslida mersisaydliklar bu o‘yinchini jamoada olib qolishga bir yildan ortiq vaqt mobaynida urinjan edi. Biroq mutasaddilari shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.
Jurnalist Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi allaqachon Saudiya Arabistonining nomi ochiqlanmagan bir nechta klublaridan taklif oldi.
Yaqin kunlarda futbolchi o‘z oldidagi barcha variantlarni ko‘rib chiqadi.
O‘tgan yil noyabr oyida Konatega “Real Madrid” ham qiziqish bildirgan edi, ammo himoyachi “Liverpul”ga bo‘lgan hurmati sababli muzokaralarga kirishmagan.
Besh yil davomida “qizillar” safida Ibraima Konate 183 ta o‘yinda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan.

Fikrlar