"Liverpul" braziliyalik vingerni sotib oladi!
"Liverpul" klubi "Lids Yunayted" vingeri Rafinyaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida shaxsan jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Football Insider" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan:
"So‘nggi bahslarda biz Rafani o‘zimiz uchun kashf etdik hamda jamoamizdagi braziliyaliklar sonini yana bittaga ko‘paytirishni maqsad qildik. O‘ylaymizki, u hujum chizig‘imizni yanada kuchayishiga yordam beribgina qolmay, undagi raqobatni ham oshiradi", - deydi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Rafinya Dias "Lids" safida bu mavsum 16 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar