“Liverpool”: Bu yulduz kelmasa, o‘rniga uchtasi bor
“Liverpul” rahbariyati “RB Leyptsig” vingeri Yan Diomande transferi amalga oshmay qolishi ehtimoli uchun bir nechta muqobil variantlarni belgilab qo‘ygan. Bu haqda insayder Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qizillar”ning qisqa ro‘yxatidan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan:
• Yankuba Minte
• Said El-Mala
• Matias Fernandez-Pardo
Shunga qaramay, “Liverpul” uchun asosiy transfer maqsadi hamon 19 yoshli Yan Diomande bo‘lib qolmoqda.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 90 million yevro deb baholagan. Futbolchining “RB Leyptsig” bilan shartnomasi 2030 yilning iyuni oxirigacha amal qiladi.
O‘tgan Bundesliga mavsumida Diomande 33 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etgan.

Fikrlar