“Liverpool” chempion klubning ikki katta taklifini rad etdi

  • 23.06.2026 13:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning amaldagi chempioni  «Inter» yarim himoyachi Kёrtis Jonsning transferi bo‘yicha «Liverpul» bilan olib borilayotgan muzokaralar jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi.

TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, milanliklar 25 yoshli yarim himoyachi uchun allaqachon ikki marta taklif bilan chiqqan, ammo har ikkisi ham ingliz klubi tomonidan rad etilgan. Avvaliga «Inter» taxminan 18 million funt sterling taklif qilgan, keyin esa taklifni 21 million funtgacha oshirgan. Biroq bu mablag‘ ham «Liverpul» rahbariyatini qoniqtirmagan.

Qayd etilishicha, Jons allaqachon Italiya klubiga o‘tishga rozilik bergan va «Liverpul»dagi faoliyati o‘z nihoyasiga yetgan, deb hisoblamoqda. Futbolchi klub bilan shartnomasining so‘nggi yiliga kirmoqda va A Seriyaga ko‘chib o‘tishdan manfaatdor.

«Inter» uzoq vaqtdan beri Jonsni kuzatib kelmoqda va uning transferini ilk bor qishda amalga oshirishga urinayotgan edi. Endi milanliklar muzokaralarga qaytib, yarim himoyachini yozgi transfer oynasining asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan.

Biroq «Liverpul»ning pozitsiyasi Italiya tomoni uchun kutilmagan holat bo‘ldi. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, ikki klubning futbolchi narxi bo‘yicha bahosi o‘rtasidagi farq hali ham katta bo‘lib turibdi. Shuning uchun bitim amalga oshishi uchun tomonlar murosaga kelishiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan mavsumda Jons «Liverpul» tarkibining muhim futbolchilaridan biri bo‘lib qolgan edi. Biroq hozir uning «Enfild»dagi kelajagi tobora noaniq tus olmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!