"Liverpul" Chempionlar ligasini muxlislarsiz stadionda o‘tkazishi mumkin
UEFA bugun Chempionlar ligasi chorak final dastlabki uchrashuvida mersisaydlik ishqibozlarning “Manchester Siti” klubi avtobusiga hujum qilgani uchun “Liverpul”ni jazolaydi.
Gap shundaki, “Enfild” tomon yo‘l olgan “shaharliklar” aftobusiga “Liverpul”ning bir guruh muxlislari shisha idish va pirotexnika vositalari uloqtirgan. Natijada avtobusning eshik va oynalariga zarar etgan. Shahar politsiyasi esa ushbu holat yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirmoqda.
UEFA esa ushbu ish yuzasidan “Liverpul”ga katta miqdorda jarima va jiddiy ogohlantirish belgilashi mumkin. Agar tashkilot ushbu holatni jiddiy qabul qilsa, mersisaydliklar EChLning 2018/19 yilgi mavsum guruh bosqichidan o‘rin olgan ilk bahsni tomoshabinlarsiz o‘tkazishi mumkin.

Fikrlar