"Liverpool" yetakchisini London klubi olib ketmoqchi

  • 16.01.2026 13:29
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "qizillar" himoyachisi Virjil van Deyk Angliya Premier-ligasining yana bir grandi "Chelsi" klubini qiziqtirib qo‘ygan. O‘tgan yilning boshida mersisaydliklar sardorining kelajagi mavhum ko‘ringan edi. Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘klar" niderlandiyalik futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqqan. Van Deykning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. U 2018 yilda "Sautgempton"dan "qizillar" safiga kelib qo‘shilgan edi. 

Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi futbolchi joriy mavsumda umumiy 29ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!