“Liverpul” faqat uch yulduzi sotilmasligini bildirdi. Ular kim?

  • 12 iyul, 2024, 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Liverpul” navbatdagi mavsumga yangi bosh murabbiy Arne Slott boshchiligida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yangi murabbiylar shtabi o‘zlari tayanadigan uch nafar futbolchini tanlab oldi. Klub rahbariyati bu o‘yinchilar bo‘yicha hech qanday taklif ko‘rib chiqilmasligini kafolatladi.

Klubda qoladigan o‘yinchilarning qisqa ro‘yxatiga Muhamma Saloh, Virjil van Deyk va Trent Aleksander-Arnold kiritildi. Bu haqda Transfer News Live hamda Mirror kabi nufuzli manbalar ma’lumot berdi.

O‘tgan mavsum yakunida “Liverpul”ni uzoq yillardan beri boshqarib kelgan Yurgen Klopp klubdan ketgan edi. Shundan keyin aksariyat muxlisu mutaxassislar germaniyalik mutaxassisning ishonchli o‘yinchilari bo‘lgan Muhammad Saloh va Virjil van Deyk ham jamoani tark etishini kutayotgandi.

“Liverpul” yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 17 avgust kuni Angliya Premer-ligasida debyutanti “Ipsvich” maydonida o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!