"Liverpul" futbolchisi "Barselona"ga o‘tmoqchi emas. Ammo...

  • 21 avgust, 2020, 22:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumni klubda barcha narsa qanoatlantiryapti.

Sky Sports nashrining yozishicha, gollandiyalik futbolchi “Barselona”dan jiddiy takliflar bo‘layotganiga qaramasdan, mersisaydliklar safida qolmoqchi. Ammo kataloniyaliklar unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilib, uni o‘z tomonlariga og‘dirib olishmoqchi.

Veynaldumning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Uning kelgusi yil 29 yoshga to‘lishini inobatga olganda, APL chempioni unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilmasligi ham mumkin. "Barsa" esa aynan mana shu "nozik" jihatni inobatga olgan holda futbolchining "boshini aylantirishga" urinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!