
"Liverpul" futbolchisi "Messi yoki Ronaldu?" degan savolga qanday javob berdi?
"Liverpul" klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold "Barselona" forvardi Lionel Messini "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ustun qo‘ydi.
“Mening “Liverpul”dan keyingi sevimli klubim bu “Barselona”. Bu jamoa ham “Liverpul”dek qadrli.
Men hech qachon jamoamni almashtirish haqida o‘ylamaganman. Men “Liverpul”ni yaxshi ko‘raman va doimo uni qo‘llab-quvvatlayman. Menga klub, shahar va muxlislar juda yoqadi.
Kim zo‘r - Messi yoki Ronaldu? Men uchun Messi”, - deydi angliyalik futbolchi.
Fikrlar