“Liverpool” futbolchisini “ko‘rshapalaklar” olib ketadi

  • 01.09.2026 11:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Valensiya” klubi “Liverpul” yarim himoyachisi Harvi Elliotni ijarga olish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya klubi futbolchining maoshining katta qismini to‘laydi. Elliotning o‘zi ham “ko‘rshapalaklar” safiga o‘tishga rozilik bergan.

Insayder Matteo Morettoning qo‘shimcha qilishicha, yarim himoyachi yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Harvi Elliot 2025/2026 yilgi mavsumni Angliyaning “Aston Villa” klubida ijara asosida o‘tkazgan.

Joriy transfer oynasida futbolchiga “Lids Yunayted”, “Sanderlend”, “Latsio” va “Napoli” klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!