“Liverpool” futbolisiga ikkita taklif bor

  • 30.08.2026 16:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iqtidorli yarim himoyachi Xarvi Elliot yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar “Liverpul”ni tark etishi mumkin.

Elliott bu yozda “Liverpul”ga “Aston Villa”dagi omadsiz ijara mavsumining yakunidan keyin qaytdi. Birmingem klubi unga yetarlicha o‘yin amaliyoti bermadi va shu sababli Elliott uchun 35 million funtlik majburiy sotib olish bandi ishga tushmadi.

Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” hozircha Elliott bo‘yicha rasmiy so‘rov olmagan. Biroq 23 yoshli angliyalik futbolchi Italiya ning “Napoli” va “Latsio” klublari qiziqishini uyg‘otgan.

Qayd etish joizki, Elliott o‘tgan hafta oxirida Premier-liganing birinchi turida “Nyukasl”ga qarshi o‘yin uchun “Liverpul” qaydnomasi kiritilmadi.

Shu sababli Xarvi Elliottning Andoni Iraola jamoasida o‘ynash istiqbollari shubhali ko‘rinmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!